«yer ajratish» tegli maqolalar


Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” Sport vazirligiga qaytariladi
6 mart 2024, 19:23

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” Sport vazirligiga qaytariladi

Viloyat hokimi qarori asosida Farg‘ona shahri markazidagi “Yoshlar ko‘li” 24 kunlik kompaniyaga berib yuborilgandi. Davaktiv agentligi o‘rganishlar natijasida mazkur holatda bir qator qonun talablari buzilganini aniqladi. Shu sababli yer maydoni Sport vazirligi balansiga qaytariladi.

Farg‘ona viloyati hokimi shahar markazidagi 2 gektarlik ko‘lni 24 kunlik shirkatga berib yubordi
6 mart 2024, 18:24

Farg‘ona viloyati hokimi shahar markazidagi 2 gektarlik ko‘lni 24 kunlik shirkatga berib yubordi

Hokimlarning yer ajratish vakolati tugaganiga 2,5 yil bo‘ldi. Biroq Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov “Yoshlar ko‘li”ning o‘rnini “bino va inshootlarni” berganlik niqobi ostida ajratib berib, prezident qaroriga noto‘g‘ri ishora qildi. Yer topshirilgan kompaniya qaror chiqishidan 24 kun oldin ro‘yxatdan o‘tgan.

2024-yilda dehqonchilik uchun yoshlarga 60,5 ming gektar yer ajratiladi
24 fevral 2024, 13:48

2024-yilda dehqonchilik uchun yoshlarga 60,5 ming gektar yer ajratiladi

Prezident 2024-yilda 60,5 ming gektar yer dehqonchilik uchun yoshlarga ajratilishi bo‘yicha topshiriq berdi. Yer maydonini tuman hokimlari ajratadi. Qancha maydon ajratish bo‘yicha “mahalla yettiligi” taklif beradi. Yer olgan yoshlar Agrobank`ning “Fermerlar maktabi"da eksportbop ekinlar yetishtirishga o‘qitiladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlarini davlat qoplab beradi
28 may 2022, 16:19

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlarini davlat qoplab beradi

Senatorlar ma’qullagan qonunga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalarini sotib olish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Adliya vaziri imkoniyati cheklanganlar 2−3 mln nafardan ko‘proqligi, shu bois xarajatlarni qoplab berish tartibi bo‘yicha alohida nizom ishlab chiqilishini ma’lum qildi. «Har bir nogironligi bo‘lgan shaxsga kompensatsiya berishning imkoni bo‘lmaydi», — dedi Ruslanbek Davletov.

Farg‘ona va Namanganda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
30 noyabr 2021, 10:47

Farg‘ona va Namanganda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Farg‘onada korxona rahbari 0,5 gektar yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Namanganda esa fermer xo‘jaliklardan birida rahbar 5 gektar yerni bog‘ uchun ajratib berish evaziga 96 mln so‘m so‘ragani aytilmoqda. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.

Yerga oid prezident farmonidan eng muhim o‘zgarishlar
10 iyun 2021, 16:14 1

Yerga oid prezident farmonidan eng muhim o‘zgarishlar

Shavkat Mirziyoyev yerga bo‘lgan huquqni bozor aktiviga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hokimiyatlar yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, zaxiralash, obodonlashtirishga ajratish va boshqa vakolatlaridan mahrum etiladi. Yerga bo‘lgan huquqlarning turlari 6 dan 3 gacha qisqartiriladi. Yer uchastkalari xususiy sektorga mulk huquqi va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga esa doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi. «Gazeta.uz» ushbu farmon bo‘yicha barcha muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.

2 yilda 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj qilingan yoki maqsadsiz berib yuborilgan
9 iyun 2021, 13:07

2 yilda 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj qilingan yoki maqsadsiz berib yuborilgan

2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgani ma’lum qilindi. Yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Nimaga yer berilmasligi kerak?». Ruslanbek Davletov investorlarga yer maydonlari ijaraga berilishi haqida
9 iyun 2021, 13:01

«Nimaga yer berilmasligi kerak?». Ruslanbek Davletov investorlarga yer maydonlari ijaraga berilishi haqida

Prezidentning yer munosabatlarini tartibga solishga oid farmoniga ko‘ra xorijiy investorlarga yer maydonlari ijaraga berilishi haqidagi muhokamalarga adliya vaziri Ruslanbek Davletov munosabat bildirdi. «Nimaga yer berilmasligi kerak?», — dedi u. Qolaversa, vazir chet elliklarga faqat noqishloq maydonlardan yer berilishi ko‘zda tutilganini qayd etdi. Biroq, u aytgan tartib farmonda mavjud emas.

Hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish vakolati bekor qilindi
9 iyun 2021, 10:33

Hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish vakolati bekor qilindi

Prezident farmoni bilan hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish vakolati bekor qilindi. Shuningdek, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning o‘zida yerni olib qo‘yish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish taqiqlandi.

Bo‘stonliq tumani hokimining sobiq o‘rinbosari pora evaziga tadbirkorga yer olib bergan
18 fevral 2021, 11:58

Bo‘stonliq tumani hokimining sobiq o‘rinbosari pora evaziga tadbirkorga yer olib bergan

Bo‘stonliq tumani hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z lavozimida ishlagan vaqtida tuman hududidan tadbirkorga 30 sotix yer maydoni ajratilishi uchun hokim qarorini chiqartirib berib, evaziga undan 35 ming dollar olgan. U olingan pulning bir qismini qaytarib berayotganida qo‘lga olindi. Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi yerlarni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan boshqa shaxslar ham ushlandi. Ulardan biri Parkent tumanida 5 gektar yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

Yerni rasmiylashtirish uchun 15 ming dollar so‘ragan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi
27 yanvar 2021, 11:23

Yerni rasmiylashtirish uchun 15 ming dollar so‘ragan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi

Andijon tumanidagi sanoat hududida 30 sotix yerni tadbirkorga 15 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgan sobiq kadastr xodimi qo‘lga olindi. Andijon shahar sudi tomonidan unga 2 yil 2 oylik axloq tuzatish jazosi tayinlangan.

3,7 mln dollarga yerni rasmiylashtirib berishini aytgan fuqaro ushlandi
21 yanvar 2021, 10:33

3,7 mln dollarga yerni rasmiylashtirib berishini aytgan fuqaro ushlandi

Toshkent viloyatidagi korxona rahbari Q.T. 460 ga yerni bir tadbirkorga noqonuniy rasmiylashtirib berishni taklif qiladi. Evaziga esa 3 mln 720 ming AQSH dollari talab qiladi. Tadbirkordan aytilgan summani olayotgan vaqtida Q.T. ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting